Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada avtobus halokatga uchrashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus halokatga uchrashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning shimoli - g‘arbi qismida avtobus halokati oqibatida 14 kishi vafot etdi, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda Aksam gazetasi ma’lum qildi.

Mahalliy hukumat bayonotiga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi Balikesirdan Edremitga ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.

Hodisa natijasida 14 kishi halok bo‘ldi, shundan voqea joyida 11 kishi, kasalxonada 3 kishi olamdan o‘tgan. 18 kishi turli darajada jarohat olgan.

«Afsuski, yakshanba kuni soat 04:40 atrofida Balikesir halqa yo‘li bo‘ylab Edremit yo‘nalishida yo‘lovchi avtobusining harakatlanishi natijasida sodir bo‘lgan YTHda 11 nafar fuqarolarimiz voqea joyida vafot etdi. Ulardan 3 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 18 nafari turli darajada jarohatlangan», - deydi Balikesir rasmiylari. 

Aytilishicha, tez yordam va tibbiy guruhlar juda qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelgan va jarohatlanganlar Balikesirdagi shifoxonaga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring