Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada yana yer qimirladi

Turkiyada yana yer qimirladi

Foto: «Flickr / Matt Katzenberger»

Turkiyaning Egey dengizi sohillarida bir kun ichida ikkinchi marta yer qimirladi, uning magnitudasi 5,1 ni tashkil etdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Zilzila epimarkazi mamlakat janubi-g‘arbidagi Aydin viloyatining Kushadasi tumanidan 20 kilometr masofada joylashgan. Tabiiy ofat oqibatlari haqida hali ma’lumot berilmadi.

Bir necha soat oldin Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatida 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida 12 kishi halok bo‘lgan va 419 dan ziyod kishi jarohatlangan.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring