Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyaga kuchli qum bo‘roni yopirildi (video)

Turkiyaga kuchli qum bo‘roni yopirildi (video)

Foto: «Prxd.karar.com»

12-sentyabr kuni kechasi Turkiyaning markaziy viloyatiga kuchli qum bo‘roni yopirilib keldi. Bu haqda mamlakat meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.

Mamlakat poytaxti Anqaradan 80 km uzoqlikda joylashgan Po‘latli shahrida chang-to‘zon ko‘pligidan yo‘llarda ko‘rish imkonini cheklab qo‘ygan. Natijada ayrim joylarda avtomobillar harakati butunlay to‘xtab qolgan. Xabarlarda qum bo‘roni yarim soatdan ortiq davom etgani aytilmoqda.

Mahalliy aholiga uydan chiqmaslik, derazalarni yopib o‘tirish tavsiya etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi shikastlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring