Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston aholini niqob taqishga chaqirdi

Turkmaniston aholini niqob taqishga chaqirdi

Foto: «M.123ru.net»

Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi mamlakat aholisini yana niqob taqishga va ijtimoiy masofa saqlashga chaqirdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Ma’lumki, Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish holati rasman qayd etilmagan.

«Oltin asr» milliy uyali aloqa operatori abonentlari tibbiyot muassasasidan SMS orqali shunday maslahat olishgan.

«Hurmatli fuqarolar! Sog‘lig‘ingizni mustahkamlash uchun himoya niqoblarini taqishni, odamlar to‘planadigan joylarda ikki metrli masofa saqlashni va shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishni maslahat beramiz», — deyiladi Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi SMSida.

Tibbiy idoralarning rasmiy xabarlariga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish holati ro‘yxatga olinmagan. Shunga qaramay, mamlakatda niqob tartibi va boshqa cheklovlar joriy etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring