Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston Fanlar akademiyasini pulsiz qoldirdi

Turkmaniston Fanlar akademiyasini pulsiz qoldirdi

Foto: «Kremlin.ru»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Fanlar akademiyasini davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Akademiyani moliyalashtirish to‘xtatilishi uch yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mamlakat hukumati energetika sektoridagi davomli inqiroz tufayli ilm-fanga ajratiladigan mablag‘larni tejab turmoqchi.

Turkmaniston Fanlar akademiyasi 1951-yili Ashxobodda sobiq Ittifoq FA filiali bazasida tashkil etilgan. Uning tarkibida 26 ta ilmiy-tadqiqot instituti va davlat seysmologiya xizmati, oliy attestatsiya komissiyasi, 17 ta oliy maktab, ikkita tibbiyot tadqiqotlari markazi, kutubxona va ikkita bosmaxona bor.

Fanlar akademiyasi faoliyati 1998-yili Turkmaniston prezidenti Saparmurat Niyozov tomonidan bekor qilingandi. Qariyb o‘n yil yil jamoatchilik acosida kun ko‘rgan akademiyani 2009-yildan Berdimuhamedov yana moliyalashtirishni boshlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring