Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch davlat Yevroittifoqqa qo‘shilish yo‘lida o‘zaro memorandum imzoladi

Uch davlat Yevroittifoqqa qo‘shilish yo‘lida o‘zaro memorandum imzoladi

Sobiq Ittifoqning uch davlati — Moldova, Ukraina va Gruziya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun o‘z mamlakatlarini Yevropa standartlariga muvofiq ravishda isloh qilish va modernizatsiya qilish maqsadida qo‘shma memorandum imzoladilar. Bu haqda Balkan Insight xabar bermoqda.

Dushanba kuni Kiyevda Moldova, Ukraina va Gruziya bu to‘g‘risida o‘zaro kelishib olganliklari ma’lum bo‘ldi.

Moldova tashqi ishlar vaziri Aureliu Tsiokoning ta’kidlashicha, hujjatni imzolash orqali Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagini bildirgan uch mamlakat islohot va modernizatsiya rejalarini amalga oshirishda davom etishlari har tomonlama davlatlar uchun foydalidir.

«Ushbu yangi tashabbus Yevropa integratsiyasi tomon yanada samarali va birgalikda harakat qilishimizga yordam beradi. Ukraina, Gruziya va Moldova Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda teng huquqli maqomga ega bo‘ladi», — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

Gruziya tashqi ishlar vaziri Devid Zalkalianining ta’kidlashicha, memorandum muhim siyosiy qadamdir. «Gruziya, Moldova va Ukraina Yevropaga integratsiyalashishning umumiy maqsadini ko‘zlamoqda. Bu bizning suveren tanlovimiz va hech bir kuch uni o‘zgartira olmaydi», - dedi Zalkaliani.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring