Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchuvchi xotini bilan janjallashib qoldi va samolyotni u turgan uy ustiga haydadi (video)

Uchuvchi xotini bilan janjallashib qoldi va samolyotni u turgan uy ustiga haydadi (video)

Фото: видеодан скриншот

Gaboron (Botsvana, Janubiy Afrika) fuqarosi xotini bilan janjallashib qolganidan so‘ng xususiy samolyotni olib qochdi va u bilan to‘g‘ri uy ustiga quladi.

«The Citizen» portali xabariga ko‘ra, ularning bo‘lajak farzandi sharafiga uyushtirilgan kechada janjal kelib chiqqan.

Guvohlarning aytishicha, er xotinini urgan. So‘ng, undan bayramni tark etishlarini so‘rashgan. Shundan keyin u samolyotni olib qochib, do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgan va xotini uyning aynan qayerida ekanini surishtirgan. Samolyot uy ustiga qulashigacha kecha mehmonlarini evakuatsiya qilishga ulgurishgan.

Hodisada faqat uchuvchining o‘zi halok bo‘lgan. Shuningdek, uy va bir nechta mashina yonib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring