Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina MXK sobiq kotibi o‘z tug‘ilgan kunida «prezident odami»ga musht tushirdi

Ukraina MXK sobiq kotibi o‘z tug‘ilgan kunida «prezident odami»ga musht tushirdi

Danilyuk (ko‘k ko‘ylakda) va Milovanov.

Foto: FACEBOOK.COM/VIK.CHUMAK

Ukrainada SNBO (milliy xavfsizlik kengashi) sobiq kotibi Aleksandr Danilyuk va sobiq moliya vaziri, hozirda prezident ofisi rahbarining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Timofey Milovanov o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.

Qizig‘i, ushbu janjal Danilyukning tug‘ilgan kuni sodir bo‘lgan.

«Ukrainskaya pravda» yozishicha, o‘sha kuni Milovanov va Danilyuk bir chetga o‘tib ancha gaplashib qolishgan. Oxiri tortishib ketishgan.

Foto: FACEBOOK.COM/VIK.CHUMAK

Shundan so‘ng Danilyuk Milovanovdan ketishni talab qilib, tug‘ilgan kundan haydalganini Yermakka (prezident ofisi rahbari) yetkazib qo‘yishni so‘ragan.

Bu orada Milovanov: «Esingdami, Yanukovich davrida qanday ishlaganing», deb yonib turgan olovga battar moy sepgan.

Bunga javoban SNBO sobiq rahbari: «Yaramas, men birinchi kunlardan Maydonda edim», deya baqirib maslahatchining yuziga musht tushirib yuborgan.

Kiyev kengashi deputati Dmitriy Belotserkovets va bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Viktor Trepak ularni ajratib qo‘yishgan.

Maslahatchining qoshi yorilgani aytilmoqda.

Janjalning asl sababi, aytilishicha, tanlov komissiyasi 29 iyul kuni Iqtisodiy xavfsizlik byurosi direktorligi uchun Danilyukning nomzodini qaytarib yuborganligida — Indiana universitetini tamomlagani to‘g‘risidagi diplomi o‘tmagan.

O‘sha komissiya rahbari Milovanov edi.

Milovanovga ham oson emas, tanlovda, Danilyukdan tashqari, yana 48 nafar nomzod kurashyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring