Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina sobiq ittifoq davri ixtirolari maxfiyligi kelishuvidan chiqib ketdi

Ukraina sobiq ittifoq davri ixtirolari maxfiyligi kelishuvidan chiqib ketdi

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina vazirlar mahkamasi sobiq ittifoq davridagi ixtirolarni maxfiy saqlash kelishuvidan chiqib ketish borasida qaror qabul qildi.

Ushbu kelishuv 1999-yilning 4-iyunida, Rossiya, Ukraina, Belarus, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan edi. Unga ko‘ra tomonlar «sobiq ittifoq davridagi maxfiy ixtirolar bilan bog‘liq ma’lumotlarni sir saqlashni ta’minlash»ga kelishib olgan edi.

Biroz vaqt muqaddam Ukraina prezidenti Petr Poroshenko vazirlar mahkamasiga MDH ta’sischilar organidan rasman chiqish bo‘yicha ish boshlash to‘g‘risida topshiriq bergan . U shu bilan birga Kiyev MDH doirasida imzolangan barcha xalqaro shartnomalarni «diqqat bilan ko‘rib chiqishi va ular orasida Ukraina manfaatlariga zig‘ircha bo‘lsa ham to‘g‘ri kelmaydigan joyi bo‘lsa, chiqib ketishi» haqida bayonot bergandi.

2018-yilning avgustida MDH nizom organlarida Ukraina vakilligi yopilgan va tegishli aloqalar Minskdagi Ukraina elchixonasi orqali amalga oshirilib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring