Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainadan qochayotgan yollanma qotillar Moldovada qo‘lga tushdi (video)

Ukrainadan qochayotgan yollanma qotillar Moldovada qo‘lga tushdi (video)

Foto: Sputnik

Moldovada o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida Ukrainadan Turkiyaga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan ozarbayjonlik ikki yollanma qotil qo‘lga olindi. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar berdi.

Qo‘lga olinganlar shu yilning mart oyi oxirida Xarkovda yollanib odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

Moldova nashrlarida aytilishicha, ozarbayjonliklar Ukrainaning jinoiy to‘dalariga aloqador. Ularning taqdiri yaqin 72 soat ichida hal etiladi.

Ma’lum qilishlaricha, mazkur ikki shaxs 29-mart kuni Xarkovdagi restoranlarning birida otishma sodir etgan. Oqibatda bir kishi voqea joyida vafot etgan, yana bir necha kishi jarohat olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring