Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainaning besh prezidenti ilk marotaba birga suratga tushishdi

Ukrainaning besh prezidenti ilk marotaba birga suratga tushishdi

Zelenskiy, Kravchuk, Kuchma, Yushenko, Poroshenko (o‘ngdan chapga)

Foto: sonyakoshkina telegram-kanali

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning sobiq to‘rt rahbari bilan ilk marotaba birga suratga tushdi. Suratni jurnalist Sonya Koshkina o‘z telegram-kanaliga joyladi.

Fotosuratda Zelenskiy bilan yonma-yon Viktor Yushenko, Leonid Kuchma, Leonid Kravchuk va Pyotr Poroshenkoni ko‘rish mumkin. Fotosessiyada sobiq prezidentlardan bir nafari ishtirok etmadi — ayni paytda Rossiyada yashayotgan Viktor Yanukovich.

Prezidentlar Ukraina mustaqilligi kuni munosabati bilan bugun, 24-avgust kuni Kiyevdagi Mariinskiy maydonida to‘planishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring