Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainaning birinchi prezidenti: «Rossiya bizni oyoqlari ostida ko‘rishni xohlaydi»

Ukrainaning birinchi prezidenti: «Rossiya bizni oyoqlari ostida ko‘rishni xohlaydi»

Foto:«112 Ukraina»

Ukraina hamda Rossiya prezidentlari Petro Poroshenko va Vladimir Putin muzokaralar stoliga o‘tirishlari lozim, aks holda Donbass muammosi hal bo‘lmaydi, deya fikr bildirdi Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk «Ukrainskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida. Bu haqda «segodnya.ua» sayti xabar bermoqda.

«Rossiya bizni o‘zining oyoqlari ostida ko‘rishni xohlaydi. O‘shandagina biz yaxshimiz. U 150 yildan buyon kurashib kelmoqda. Bosim o‘tkazish, kuch bilan tahdid qilish va o‘zini birovlardan ustun qo‘yishdan boshqa narsani bilmaydi. Bu ularning tabiati. G‘arb esa bunday munosabat qilmaydi. Albatta, men ularni juda beg‘araz va bizni yaxshi ko‘rishadi deya olmayman» degan Kravchuk.

Shuningdek, u Putinning Minsk kelishuvi shartlarini bajarishini kutmaslikni va u bilan prezident darajasida muzokaralar stoli atrofida gaplashishga chaqirdi.

Men bilaman, G‘arbning aralashuvisiz bu muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Ammo, Putin muzokaralar stoliga kelishi kerak, chunki Donbasda ularning ta’siri kuchli. Poroshenko bilan muzokara olib borishi lozim. Ammo, u Poroshenko bilan gaplashishni xohlamaydi. Men buni uning gaplaridan bilaman. Xohlamaslik nimani anglatadi? Biz shunday prezidentni tanladik. Yoki sen uchun boshqasini tanlashimiz lozim edimi? Kimni tanlash, bu bizning huquqimiz. O‘tiring va kelishib oling. Chunki gap odamlar, xalqlar taqdiri haqida ketmoqda. Putin ko‘rdi, Qrimdagi holat yuz bermadi va yuz bermaydi ham. Biz oxirigacha himoya qilamiz. O‘ylaymanki, bu narsa uni o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi", deya ta’kidladi sobiq prezident.

Avvalroq, Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Roman Bezsmertniy ham Rossiya va Ukraina Donbass borasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar boshlashi zarurligi haqida gapirgan edi.

O‘z navbatida Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiya prezidentidan Ukrainada o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilgan edi. Davlat rahbari Putinni agressor dedi: «Bu yerda agressor biz emas. Agressor - bizning yurtimizda qo‘shini bilan turgan Putin. Bizga boshqa narsa kerak emas, marhamat qilib qo‘shinlaringizni olib chiqib keting yurtimizdan».

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning sharqiy Donbass viloyatida 2014-yildan buyon notinchlik hukm surmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring