Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush qanday yakunlanishini «biluvchi» odamning Rossiyaga kirishi taqiqlandi

Urush qanday yakunlanishini «biluvchi» odamning Rossiyaga kirishi taqiqlandi

Foto: Fronteiras do Pensamento

«Tarixning tugashi» kitobi muallifi, amerikalik siyosatshunos Frensis Fukuyama Rossiyaga kirishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatidan joy oldi. Fukuyamani Rossiya tashqi ishlar vazirligi «qora ro‘yxat»ga kiritdi.

Rossiya TIV bugun, 28-iyunda e’lon qilgan taqiqlangan shaxslar ro‘yxatida yana 25 nafar AQSh fuqarosi, jumladan, Jo Baydenning rafiqasi va qizi ham bor.

Fukuyama AQSh prezidenti Joy Baydenni, Rossiya Ukraina atrofidagi vaziyatni keskinlashtirgan taqdirda, bu davlatga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini tuzishga chaqirgan shaxslardan biri. Bu undov hali Rossiya Ukrainaga urush ochmasidan avval bo‘lgan.

AQShning Stenford universiteti professori Frensis Fukuyama «American Purpose» nashrida chop etilgan muxtasar maqolasida Ukrainadagi urushga o‘z munosabatini bildirgan edi. Fukuyamaning Rossiya Ukrainada shubhasiz mag‘lubiyatga uchrashi ta’kidlangan 12 banddan iborat bashorat va tavsiyalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

70 yoshli Yosixiro Frensis Fukuyama  — yapon millatiga mansub Amerika faylasufi, siyosatshunos, siyosiy iqtisodchi va yozuvchi. Dunyo bo‘ylab shov-shuv uyg‘otgan «Tarixning tugashi va so‘nggi odam» bestselleri muallifi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring