Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Efiopiyada Boeing 737 aviahalokatga uchradi. 157 kishi halok bo‘ldi

Efiopiyada Boeing 737 aviahalokatga uchradi. 157 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Global Look Press»

Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 samolyoti aviahalokatga uchrashi oqibatida uning bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.

Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Alining xabariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot bortida 149 nafar yo‘lovchi va ekipajning 8 a’zosi, jami 157 kishi bo‘lgan. Sodir bo‘lgan aviahalokatda hech kim omon qolmagan.

Samolyot Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan Keniya poytaxti Nayrobiga yo‘l olish uchun havoga ko‘tarilganida halokatga uchragan. Uning bortida xorijlik yo‘lovchilar ham bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring