Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda fil besh kishini bosib o‘ldirdi

Hindistonda fil besh kishini bosib o‘ldirdi

Foto: «Google.com»

Hindistonning Orissa shtatida fil odamlarga hujum qildi va besh kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, payshanbadan jumaga o‘tar kechasi bir oila vakillari bo‘lgan uch kishi Sandxa qishlog‘idagi ayvonda uxlayotgan bo‘lgan. Tunda ularga fil hujum qilgan. Ularning barchasi o‘sha joyning o‘zida vafot etdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach o‘sha qishloqda yana bir ayol fil hujumining qurboniga aylandi.

Shundan so‘ng bir soat o‘tgach qo‘shni Santapada qishlog‘ida ham bir kishini fil bosib o‘ldirgani haqida xabar keladi. Yovvoyi tabiatni himoya qilish qo‘mitasi vakili tomonidan aytilishicha, fil tajovuzkor holatda bo‘lgan va bunday vaqtda ko‘pchilik bo‘lib turgan odamlarga ham hujum qilishi mumkin. Vakil hukumatdan filni ushlashni so‘ragan.

Orissa shtatida fillar odamlarga tez-tez hujum qilib turadi. Yovvoyi tabiatni himoya qilish qo‘mitasi statistikasiga ko‘ra oxirgi to‘qqiz yilda 694 ta fil va 661 odam halok bo‘lgan.

Hindiston hukumati yovvoyi hayvonlar hujumidan vafot etgan fuqarolar oilasiga 400 ming rupiy (5,7 ming dollar) miqdorida tovon puli to‘lab keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring