Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida yana qor yog‘di (video)

Saudiya Arabistonida yana qor yog‘di (video)

Foto: «Google.com»

Mart oyining oxirgi kuni Saudiya Arabistonining shimoli-g‘arbiy qismida havo harorati pasayib ketdi va tog‘lik hududlarda qor yog‘di.

Jabal Lauz tog‘ida yakshanba kuni kunduzi qor yog‘a boshlagan va kechga borib Iordaniya bilan chegaradosh hudud oppoq qor bilan qoplangan. Ertasi kuni mahalliy aholi qor manzarasidan bahramand bo‘lish uchun tog‘ tomon otlangan. Qiziquvchilar soni ko‘p bo‘lganidan yo‘llarda avtotrasport harakatini tartibga solish uchun yo‘l patrul xizmati xodimlari jalb etilgan. Bundan tashqari, fuqaro mudofaasi va tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ham xizmatda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Jabal Lauz tog‘ida oxirgi bor fevral oyining o‘rtalarida qor yoqqan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring