Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftadan beri yomg‘ir tinmayapti. Yaponiyada qurbonlar soni 70 kishiga yetdi

Bir haftadan beri yomg‘ir tinmayapti. Yaponiyada qurbonlar soni 70 kishiga yetdi

Foto: «Yandex»

Yaponiya janubi-g‘arbida kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 70 kishiga yetdi, deya xabar berdi «NHK» telekanali.

13 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.

Kyusyu orolida mana bir haftadirki yomg‘ir tingani yo‘q. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni Kyusyu shimolida 150 millimetrgacha, seshanba kuni esa 300 millimetrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Kumamoto va Oita prefekturalarida 8,5 mingta oila ichimlik suvisiz qolgan. 11 ta prefekturada qariyb 12 mingdan ortiq uy butunlay yoki qisman vayron bo‘lgan. Bir qancha aholi turar joylari toshqin tufayli shahar markazidan butunlay uzilib qolgan.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga qarashli yerlarga 11,7 milliard iyen (109 million dollar) zarar yetgan.

Dushanba kuni zararlangan hududlarga mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe borishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring