Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venesueladagi konda noqonuniy ishchilar qolib ketdi

Venesueladagi konda noqonuniy ishchilar qolib ketdi

Foto: «Yandex.com»

Venesuelada kon vayronalari ostidan uch kishining murdasi olib chiqildi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 50 metr chuqurlikda o‘nlab odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

«Bolivar shtati qutqaruvchilari va o‘t o‘chiruvchilari vayronalar ostidan 21 va 23 yoshlardagi uch nafar yigitning murdasini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi», — deb yozadi «RIA Novosti».

Dushanba kuni kechasi tashlandiq oltin konida yuz bergan halokat haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda endi tarqala boshladi. «Mibiturven»ga tegishli Isidora koni hozir yopib qo‘yilgan. Biroq mahalliy konchilar jamoasi noqonuniy ishlashda davom etgan.

Turli OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 50 metr chuqurlikda tog‘ jinslari ostida 20 tadan 35 tagacha odam qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Venesuela hukumati jabrlangan konchilar soni bo‘yicha rasmiy axborot bergani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring