Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venesueladagi plantatsiyada odamlar yonib ketdi

Venesueladagi plantatsiyada odamlar yonib ketdi

Foto: «elpitazo.net»

Venesuelada qamish plantatsiyasida yong‘in oqibatida 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 13 kishi jarohatlandi, deb yozadi «El Pitazo» portali.

Fojia mamlakat shimolidagi Aragua shtatida, Los-Ranchos-de sektorida joylashgan qamishzorda sodir bo‘lgan. 12 kishi shiddatli ravishda tarqalgan alanga ichida qolib ketgan. Yana 13 kishi turli darajada kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Achinarlisi, ular orasida uch nafar o‘spirin ham bor.

Hodisa joyida qutqaruv xizmati ishlashda davom etmoqda, yong‘in sabablarini aniqlashga urinmoqda. Halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring