Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vladimir Putinning «Elon Mask»lari

Vladimir Putinning «Elon Mask»lari

Foto: «Kremlin.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, dasturchi va biznesmen Yevgeniy Kasperskiy — chinakam rus innovatori.

TASSning «Vladimir Putinga 20 savol» loyihasi uchun intervyu berarkan, Rossiya ibrat olish uchun amerikalik tadbirkor Elon Maskka o‘xshagan kimni tavsiya qila oladi, degan savolga Putin Kasperskiy o‘z sohasida Maskdan hech ham kam emas deb javob berdi.

Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada Kasperskiyga o‘xshaganlar yetarlicha, shunchaki, uning nomi birinchi bo‘lib xayoliga kelgan.

Putin «Kasperskiy laboratoriyasi» asoschisi va rahbarini o‘z sohasining yetakchilaridan biri deya alqarkan, agarda boshqa mamlakatlar tomonidan sun’iy to‘siqlar qo‘yilmaganida, bundan ham ko‘piga erishishi mumkinligini ta’kidlagan.

Rossiya o‘z «Tesla»sini yarata oladimi? Bu savolga javoban Putin rus biznesmeni Mixail Proxorov ishlab chiqarishni rejalashtirgan «Yo-mobile»da sayr qilganini aytdi.

«U va’da bergandi, menga ko‘rsatdi, hatto minib ham ko‘rdim, ammo hozircha o‘xshamayapti», — dedi Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring