Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro tashkilot Xitoy va Mo‘g‘ulistonda paydo bo‘lgan o‘lat kasalligiga o‘z munosabatini bildirdi

Xalqaro tashkilot Xitoy va Mo‘g‘ulistonda paydo bo‘lgan o‘lat kasalligiga o‘z munosabatini bildirdi

Foto: «Tuapsevesti.ru»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy va Mo‘g‘ulistonda paydo bo‘lgan bubon o‘latini xavfli deb hisoblamaydi, shunga qaramay, vaziyatni kuzatmoqda, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Margaret Xarris.

«Biz Xitoy va Mo‘g‘uliston hukumati bilan birga holatni nazorat qilyapmiz. Hozir xavf yuqori emas, deb hisoblaymiz, lekin vaziyatni diqqat bilan kuzatyapmiz», — dedi u.

Avvalroq Ichki Mo‘g‘ulistonning (XXR) Bayan-Nur shahrida chorvadorlar orasida bubon o‘lati chiqqanligi tasdiqlangandi. Bundan tashqari, o‘lat Oltoy respublikasi bilan chegaradosh Mo‘g‘ulistonning g‘arbiy hududlarida ham aniqlangan. Ikki kishi kasallangan. RFning Ulan-Batordagi echixonasi matbuot xizmatidagilar Mo‘g‘uliston hukumati zudlik bilan zarur choralarni ko‘rganligini, xavotirga o‘rin yo‘qligini aytishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring