Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xaradinay: «Albaniya va Kosovo birlashishi muqarrar»

Xaradinay: «Albaniya va Kosovo birlashishi muqarrar»

Ramush Xaradinay.

Foto: «EADaily»

Kosovo bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Ramush Xaradinay 22-noyabr kuni «Fax news»ga bergan intervyusida milliy birlashuv (ya’ni Albaniya va Kosovoning birlashishi) muqarrardir dedi.

Albaniya yangiliklar agentligi «Telegrafi»ning yozishicha, Xaradinay Albaniya unga Kosovo qo‘shilganidan so‘ng kuchli bo‘lishini, ammo kuchli Kosovogina Albaniyani kuchli qila olishini ta’kidlagan.

Kosovolik siyosatchi «Bolqon mini-Shengeni» loyihasiga ham munosabatini bildirib o‘tdi:

«Serbiya bizning mavjudligimizni inkor etyapti, biroq odamlar va tovarlarning erkin harakatlanishini talab qiladi. Bizga «mini-Shengen» emas, «Shengen» kerak. Biz NATO, AQSh va Yevropa ittifoqiga yuzlanmoqchimiz. Serbiya bizni tan olmas ekan, «mini-Shengen»ga kira olmaymiz. Oxrid (Shimoliy Makedoniyadagi shaharcha)dagi uchrashuvga bir kun qolganida Zayev (Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev) Tachi (Kosovo prezidenti Hoshim Tachi)ga qo‘ng‘iroq qilib, sammitga chaqirgan. Sammitga bir kun qolganida chaqirish qanchalik to‘g‘ri?!».

Eslatib o‘tamiz, Hoshim Tachi 10-noyabr kuni G‘arbiy Bolqon mamlakatlari yetakchilari sammitida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi. Sammitga, shuningdek, Bosniya va Gersegovina hamda Chernogoriya yetakchilari ham kelmagan. Sammitda qatnashgan Albaniya, Serbiya va Shimoliy Makedoniya rahbarlari «Bolqon mini-Shengeni» loyihasini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha deklaratsiya imzolashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring