Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy pensiya yoshini oshiradi — o‘n yildan so‘ng jiddiy muammolar boshlanadi

Xitoy pensiya yoshini oshiradi — o‘n yildan so‘ng jiddiy muammolar boshlanadi

Foto: «YouTube»

Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan an’anaviy yillik sessiya ochilish marosimidagi nutqida hukumat pensiya yoshini oshirishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Bu bir lahzada emas, balki to‘rt yil davomida (2021–2025-yillarda) bosqichma-bosqich amalga oshadi, dedi u.

«Tug‘ilish darajasi me’yorlashishiga erishish — umumiy vazifamiz. Munosib dam olishga chiqish yoshini bir necha bosqichda oshiramiz. Aholining 95 foizi pensiya sug‘urtasi bilan ta’minlanishi zarur», — ta’kidladi Li Kesyan.

Xitoyda bugungi kunda ayollar — 55 yoshdan, erkaklar — 60 yoshdan pensiyaga chiqishmoqda. O‘rtacha umr ko‘rish 68 yosh bo‘lgan 1978-yildan beri bu tartib o‘zgarmagan. Endi esa boshqacha, xitoyliklar o‘rtacha 77 yildan umr ko‘rishmoqda.

Bosh vazir Li Kesyan hozir 65 yoshda. Foto: «RIA Novosti»

Biroq pensiya yoshini oshirish uzoq vaqt bekor o‘tirgan kishilarga «pul to‘lash hukumatga malol kelayotgani» uchun ko‘zlanayotgan tadbir emas. Muammo ancha jiddiy.

Xitoyda, hisob-kitoblarga ko‘ra:

  • 2030-yildan boshlab ishchi kuchi yetishmovchiligi yuzaga keladi;
  • 2035-yildan har ikkinchi soliq to‘lovchiga bir nafardan pensioner to‘g‘ri keladi;
  • 2050-yilda keksalar Xitoy aholisining uchdan bir qismidan ko‘proqni tashkil etadi.

Xitoy hukumatini o‘ylantirayotgani shu. Shuning uchun ham 2045-yilgacha pensiya yoshini ayollar uchun ham, erkaklar uchun ham 65 yoshgacha oshirishga ulgurishni ko‘zlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring