Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy qashshoqlikka qarshi kurashish uchun 2020 yilga 16,2 mlrd dollar ajratdi

Xitoy qashshoqlikka qarshi kurashish uchun 2020 yilga 16,2 mlrd dollar ajratdi

Foto: «Youtube.com»

Xitoy markaziy hukumati 2020 yilda mamlakatda qashshoqlikka qarshi kurashish uchun 113,6 mlrd yuan (16,2 mlrd dollar) pul mablag‘ini ajratdi, deya ma’lum qildi XXR Moliya vazirligi. Bu haqda «Sinxua» agentligiga tayanib «Regnum» xabar berdi.

Bu pullar provinsiya darajasidagi 28 ta hududga sarflanadi. U 2019 yilgi umumiy ko‘mak hajmining 90 foizini tashkil etadi. Qariyb 14,4 mlrd yuan qashshoqlikdan nihoyatda qiynalayotgan hududlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratiladi. Tibet Sinszyan va Sichuan, Yunnan va Gansu provinsiyalarining ayrim joylari shular jumlasidan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 2020 yilda barcha jabhalarda aholining barqaror farovonligiga erishgan mamlakatga aylanishni rejalashtirmoqda. Buning uchun o‘taketgan qashshoqlikni yengishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring