Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda 14 kishi kuydirgiga chalindi

Xitoyda 14 kishi kuydirgiga chalindi

Foto: «RIA Novosti»

Xitoyning Rossiya bilan chegaradosh Xeylunszyan provinsiyasida 14 kishi Sibir yarasiga (kuydirgi) chalingani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Sibir kuydirgisi Xuanan shahridagi bir fermerning qo‘yi orqali tarqalgan, deya taxmin qilinyapti. 

«Yettinchi avgust kuni provinsiyaning bir nechta hududida Sibir yarasiga chalingan kishilar aniqlandi. Bu safar kuydirgining teri shakli paydo bo‘libdi», – deyiladi provinsiyaning sog‘liqni saqlash boshqarmasi tarqatgan xabarda.

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dagi holatga ko‘ra, bunday kasallikka 14 kishi chalingani aniqlandi.

«O‘n to‘rt nafar bemordan biri shifoxonadan chiqqan. 10 kishi Harbin shahrida, ikki kishi Szyamusi, bir kishi esa Szisi shahri shifoxonalarida davolanyapti», – deyiladi xabarda.

Hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘ryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring