Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda 3 ta yuk mashinasi 2 ta mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi

Xitoyda 3 ta yuk mashinasi 2 ta mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi

Foto: «vladtime.ru»

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi Xanchjou shahrida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» sayti.

Avariya bugun, 12 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:58 da (Toshkent vaqti bilan soat 00:58 da) sodir bo‘lgan. Xanchjou shahri ko‘chalarida yuqori tezlikda harakatlanayotgan 3 ta yuk mashinasi hamda ikkita mikroavtobus to‘qnashib ketgan.

Politsiya xodimlarining qo‘shimcha qilishicha, uchta transport vositasi yonib ketgan. Ammo aynan qaysi mashinalar yongani noma’lum.

YTH tufayli 3 kishi jabrlangan. YTH sababi va voqea sababchilari noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring