Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyning bir provinsiyasida 8 oyda 8,5 tonna giyohvand modda qo‘lga tushirildi

Xitoyning bir provinsiyasida 8 oyda 8,5 tonna giyohvand modda qo‘lga tushirildi

Foto: «informator.news»

Xitoyning Guandun provinsiyasida joriy yilning 8 oyi mobaynida 8,5 tonna giyohvand modda qo‘lga tushirildi, deya xabar beradi «Sabah.com».

«Sinxua» axborot agentligi xabariga ko‘ra, Guandun provinsiyasi Giyohvand moddalar nazorati komissiyasi shu yil yanvar-avgust oylarida 9 ming og‘ufurushlarni ta’qib qilib, ulardan 8,5 tonna giyohvand moddani olib qo‘ygan.

Operatsiyalar chog‘ida giyohvandlikka ruju qo‘ygan 66 ming kishidan 30 minggi majburiy ravishda reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.

Guandun provinsiyasida joriy ta’lim yili oxirigacha o‘quvchilarga giyohvand moddalarning zararlari va oqibatlari haqida darslar beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring