Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda yer qimirladi: qurbonlar bor

Xitoyda yer qimirladi: qurbonlar bor

Foto: «Flickr»

Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 5,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi, deyiladi provinsiya rasmiy xabarida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Yerosti silkinishlari dushanba kuni kechasi mahalliy vaqt bilan soat 21:47 da Chjaotun shahar okrugining Syaotszya uyezdida qayd etilgan. U yerda 5,5 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi. Zilzila epitsentri 8 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilziladan so‘ng mahalliy hokimiyat tezda qutqaruv ishlarini tashkillashtirgan. Shikastlangan binolarda bo‘lgan aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Evakuatsiya qilinganlar soni hozircha ma’lum qilinmayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yozuvlarga ko‘ra, zilzila boshlanganda ko‘pgina odamlar ko‘chalarda, do‘konlarda, maktablarda bo‘lishgan. Yunnan provinsiyasi seysmik faol hududda joylashgani uchun mahalliy aholi bunday vaziyatda nima qilish kerakligini yaxshi biladi: ular yo xavfsizroq joyga o‘tishadi, yo zudlik bilan binoni tark etishadi.

Kechasi darslarda bo‘lgan o‘quvchilar ham muntazam mashg‘ulotlar paytida o‘rganilgan qoidalarga muvofiq bir necha daqiqada sinf xonalaridan chiqib ketishgan. Shu bois zilzila kechasi yuz bergan bo‘lishiga qaramay, ko‘plab qurbonlarning oldi olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring