Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Twitter.com»

Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Regnum».

Ma’lumotlarga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining portlashi 18-noyabr kuni kunduzi sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda konda 35 kishi ishlayotgandi. «Sinxua» agentligining yozishicha, qutqaruvchilar 18 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan, 15 kishi esa hayotdan ko‘z yumgan. Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ob’yektda qutqaruv-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring