Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda koronavirus ko‘rshapalak yoki ilondan tarqagani taxmin qilinmoqda

Xitoyda koronavirus ko‘rshapalak yoki ilondan tarqagani taxmin qilinmoqda

Foto: dwnews.com

Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bilan savdo qiladigan bozor koronavirus tarqalgan ehtimoliy joy sifatida ko‘rilmoqda. Xabar qilinishicha, bu yerda nafaqat dengiz mahsulotlari, balki turli yovvoyi hayvonlar ham sotilgan.

Bozorda tovusdan tortib bo‘ri bolasigacha sotib olish mumkin bo‘lgan. Virus esa ko‘rshapalak yoki ilondan tarqagan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Pekin universiteti olimlari eng avvalo virus ko‘rshapalakdan tarqalganini tahmin qilishgan. Uxan bozorida ko‘rshapalak sotiladi va Xitoyning bir qator tumanlarida undan sho‘rva tayyorlanadi. Muammoli jihat shundaki, virus bozordagi turli hayvonlar orasida tarqalib, genini o‘zgartirgan va mutantlashgan bo‘lishi mumkin.

Hozirga qadar koronavirus bilan 876 odam kasallangani aniqlangan va shulardan 26 kishi vafot etgan. Aksariyat kasallar Xitoyda istiqomat qiladi. Shu bilan birga Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand va AQShda ham kasallangan shaxslar aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring