Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik 7 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto:«AFP»

Xitoyning janubi-g‘arbiy viloyati Sichuanda davom etayotgan yog‘ingarchilik 7 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana shuncha kishi yaralandi. Bu haqda «Sinxua» agentligi ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Sichuan viloyati mutasaddilari 18 ming kishini xavfsiz joylarga ko‘chirgan.

O‘tgan haftadan beri Sichuan viloyatida kuchli yomg‘ir ko‘z ochirmayapti. Tabiiy ofat viloyatning shimoli-g‘arbiy tumanlarida 64 ta aholi punktiga ofat keltirgan, 116 ming kishining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Noqulay ob-havo qishloq xo‘jaligi tizimiga ziyon yetkazgan, dalalarni suv bosgan, maktab binolari, ko‘priklar va yo‘llar shikastlangan.

Iqtisodiy zarar 159 million yuan (taxminan, 23,8 million AQSh dollari) deya baholanmoqda.

Shuningdek, noqulay ob-havo tufayli Xitoyning shimoli-g‘arbiy viloyati Shensida 16,6 mingdan ziyod kishi jabrlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring