Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda o‘tgan bir sutkada koronavirusdan o‘lim holati kuzatilmadi

Xitoyda o‘tgan bir sutkada koronavirusdan o‘lim holati kuzatilmadi

Foto:«BBC»

Oxirgi 24 soat ichida Xitoyda koronavirusdan o‘lim holati mutlaqo kuzatilmadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Shuningdek, 32 holatda virus yuqtirilgani qayd etildi.

Xitoy bo‘ylab kasallik yuqtirganlarning 89 foizi tuzalgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus aynan Xitoyning Uxan shahrida 2019-yil dekabrida boshlangandi. Ayni vaqtda yuqtirish va o‘lim holatlari bo‘yicha AQSh birinchi o‘ringa chiqib qoldi. O‘zbekistonda esa bu raqam 472 tani tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring