Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda sayyohlik agentliklari soni 38 mingtaga yetdi

Xitoyda sayyohlik agentliklari soni 38 mingtaga yetdi

Foto: «Regnum»

Joriy yil iyun oyining oxiriga kelib Xitoyda qariyb 38 mingta sayyohlik agentligi hisobga olindi, deya ma’lum qildi XXR madaniyat va sayyohlik vazirligi. Bu haqda «Regnum» xabar bergan.

Provinsiya darajasidagi beshta hudud, xususan, Pekin, Guandun, Szyansu, Chjeszyan va Shandun — har biri 2,5 mingdan ziyod sayyohlik agentligiga ega. Bunda Guandun provinsiyasi Xitoy janubida bu borada birinchi o‘rinni egalladi — 3108 ta.

2019-yil dastlabki olti oy mobaynida Xitoy sayyohlik agentliklari 8,56 mln kiruvchi sayyoh safarini ta’minlab berdi. Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya o‘nta donor sayyohlar bozori ro‘yxatiga kiritilgan. Shu vaqt mobaynida 30 mln chiquvchi sayyoh safarlari Xitoy sayyohlik agentliklari orqali amalga oshirilgan. Bu borada Tailand eng mashhur joy hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring