Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik ayol 40 yil o‘pkasida ruchka qopqog‘i bilan yashagan

Xitoylik ayol 40 yil o‘pkasida ruchka qopqog‘i bilan yashagan

Foto: «Lenta.ru»

Xitoyning Shandun provinsiyasida yashovchi ayolning o‘pkasidan u 40 yil avval yutib yuborgan ruchka qopqog‘ini topishdi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qilmoqda.

49 yoshli ayol qornidagi og‘riqlardan shikoyat qilib shifokorga murojaat qilgan. Avvaliga tos a’zolari shamollashidan gumon qilishgan, ammo rentgen ko‘krak qafasida dog‘ borligini ko‘rsatgan. Kompyuter tomografiyasi ham o‘ng o‘pkaning pastki qismida begona jism borligini ko‘rsatgan. Endoskopik operatsiya natijasida u yerdan ruchka qopqog‘i olib tashlangan.

Ayolning aytishicha, u to‘qqiz yoshligida partadoshi bilan o‘ynayotib, qopqoqni behosdan yutib yuborgan. Yaqinlari uni kasalxonaga olib borganda shifokorlar tashqi belgilarga qarab, qopqoq organizmdan chiqib ketgan, degan xulosa chiqarishgan. Aslida esa u o‘pkada qolgan va 30 yildan buyon ayolda yo‘tal tutishiga sabab bo‘lib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring