Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaman husiylari Saudiya Arabistoniga raketa uchirdi

Yaman husiylari Saudiya Arabistoniga raketa uchirdi

Foto: «AFP»

«Saudiya Arabistoni harbiylari Yaman xusiylari tomonidan uchirilgan ballistik raketani Jazan shahri osmonida urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi», — deya xabar bermoqda «Yevropa 1» radiosi Yamanda isyonchilarga qarshi kurash olib borayotgan harbiy koalitsiya axborotiga asoslanib.

Koalitsiya matbuot kotibi Turki al-Malikiyning aytishicha, raketa urib tushirilishidan hech kim zarar ko‘rmagan.

O‘z navbatida husiylar hujumning Jazan portiga yo‘naltirilganini iddao qilgan. Oxirgi oylarda isyonchilar Saudiya Arabistoniga qarshi raketa hujumlarini jadallashtirgan. Saudiya Arabistoni Tehronni isyonchilarni qurollantirishda ayblab keladi. Tehron esa xusiylarga siyosiy jihatdan maslakdosh ekanligini tan olsa-da, lekin harbiy jihatdan ko‘mak bermayotganini aytmoqda.

2015-yildan buyon davom etayotgan mojaroda 10 000 kishi vafot etgan, 55 000 kishi jarohatlangan. Shuningdek 2200 kishi vabodan halok bo‘ldi. BMT hisobotlariga ko‘ra, Yamandagi ushbu inqiroz eng yomon gumanitar inqiroz sifatida baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring