Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi loyiha hojilarga yanada qulaylik tug‘diradi

Yangi loyiha hojilarga yanada qulaylik tug‘diradi

Foto: «Haber 7»

2019-yilda Arafot tog‘i, Muzdalifa va Mino vodiylarini yanada kengaytirish loyihasi amaliyotga tatbiq etila boshlaydi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Makka shahri amiri, shahzoda Xolid al-Faysal ibn Abdulaziz bu yilgi haj mavsumining nihoyasiga yetishi munosabati bilan Minodagi amirlik qarorgohida uyushtirilgan matbuot anjumanida Makka shahri va muqaddas makonlarni taraqqiy ettirishning dastlabki loyihalari ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Bu yil haj mavsumida ziyoratchilarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 250 ming nafardan ziyod fuqaro mudofaasi va kuch tuzilmasi xodimlari jalb etildi. Mavsum davomida tibbiyot xodimlariga oftob urishi va qattiq charchash tufayli tibbiy yordam so‘rab 10 ming marta murojaat qilingan.

Joriy yil Saudiya Arabistoniga haj ziyorati uchun 2 milliondan ortiq kishi keldi. Ulardan 90 foizi boshqa mamlakatlar vakillilaridir. 360 ming ziyoratchi Arafot va Mino orasida qatnash uchun poyezdni afzal ko‘rishgan bo‘lsa, 18 ming nafar ziyoratchiga avtobuslar ma’qul keldi. 2030 yilgacha haj ziyoratchilari soni 5 millionga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring