Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangi muddatga saylanish huquqim bor» — Putin nimaga sha’ma qildi?

«Yangi muddatga saylanish huquqim bor» — Putin nimaga sha’ma qildi?

Foto: RIA «Novosti».

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi prezidentlik muddatiga qayta saylanadimi yoki yo‘qmi, hozircha bir qarorga kelmaganini aytdi. Bu haqda RBK yozmoqda. 

Davlat rahbari yangi muddatga saylanish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.

«Konstitutsiyaga muvofiq, men yangi muddatga saylanish huquqiga egaman. Men buni qilamanmi yoki yo‘qmi, qaror qilganim yo‘q. Ammo bu huquqning mavjudligi ichki siyosiy vaziyatni  barqarorlashtiradi»,—degan Putin.

Rossiya rahbari shuningdek, mamlakatning ichki muammolari va tashqi siyosat haqida ham gapirgan. Putinga ko‘ra, demografik tanglik Rossiya oldidagi asosiy xatardir. Shuningdek, Ukrainaga hujum qilinmasligini va bu haqda farazlar G‘arb siyosiy doiralarida yil boshida ham ko‘tarilganini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Putin prezidentlikda 2036-yilgacha qolish huquqiga ega. U 1999-yil Boris Yelsin iste’fosidan so‘ng hokimiyatga kelgandi. 

Putin amerikalik jurnalist Xedli Gembl bilan intervyusida ham bu savolga javob bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring