Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi prezident ishni samolyotlarni sotishdan boshladi

Yangi prezident ishni samolyotlarni sotishdan boshladi

Foto: «Twitter»

Meksikaning yangi prezidenti qasamyod qilgani haqida xabar bergandik. Yangi prezident — Andres Manuel Lopes Obrador ishni o‘zi foydalanishi lozim bo‘lgan 218 million dollarlik «Boeing 787 Dreamliner» samolyotini sotib yuborishdan boshladi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.

Lopes Obrador davlatga qarashli 60 ta samolyot va 70 ta vertolyot xizmatidan voz kechilishi haqida avvalroq to‘xtalgandi.

— Biz korrupsioner-siyosatchilar foydalangan barcha samolyot va vertolyotlarni sotib yuboramiz, — Obrador o‘z qarorini shunday izohlagan.

Meksika rahbari sobiq prezidentlar pensiyasini bekor qilib, amaldorlarning maoshlarini qisqartirishga ham va’da bergan.

1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimidan avval Obrador shaharliklar uchun prezident qarorgohi — «Los Pinos» eshiklarini ochgandi. O‘z kamtarligi bilan tanilgan Lopes Obrador prezident qarorgohida yashash niyati yo‘qligini qayta-qayta takrorlab, bu yerni madaniy markazga aylantirishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring