Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi prezident sifatida To‘qayev xorijga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi

Yangi prezident sifatida To‘qayev xorijga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi

Foto: Oqo‘rda

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, prezident Vladimir Putinning taklifiga ko‘ra, Rossiyaga rasmiy tashrif bilan bordi.

Bu To‘qayevning, yaqinda prezidentlikka saylanganidan so‘ng, xorijga ilk rasmiy tashrifi hisoblanadi.

Oqo‘rda ertaga, 28-noyabr kuni ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, prezidentlar videokonferensaloqa vositasida Qozog‘iston va Rossiya hududlararo hamkorlik forumida qatnashishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring