Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Zelandiyada toza havo sotilmoqda

Yangi Zelandiyada toza havo sotilmoqda

Yangi Zelandiyaning Oklend aeroporti do‘konida qiymati 98,99 dollar bo‘lgan 4 ta toza havo to‘ldirilgan ballon sotilmoqda.

«Kiwiana» kompaniyasi tomonidan sotuvga qo‘yilgan ushbu ballonlarga nafas olish uchun niqob o‘rnatilgan.

5 litrli ballonlarning bir donasi kompaniya saytida 34,50 dollardan sotilmoqda.

«Kiwiana Air» Yangi Zelandiyaning Janubiy Alplaridagi toza havoni kichik qadoqlarga joylashtirdi»,- deyiladi mahsulot izohida.

Kompaniya saytidagi ma’lumotga ko‘ra, ular Yangi Zelandiyaning har qanday sivilizatsiyadan uzoqda bo‘lgan Janubiy orolidagi qorlar ustidagi havoni yig‘ishadi.

Ballonlardagi havo qanchalik toza bo‘lmasin, bu mahsulot juda ko‘pchilik tarmoq foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring