Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya sohillariga to‘fon yaqinlashmoqda

Yaponiya sohillariga to‘fon yaqinlashmoqda

Foto: RIA Novosti

«Maliksi» nomli to‘fon janubi-g‘arbiy tomondan Yaponiya sharqidagi sohilga yaqinlashyapti. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

To‘fon o‘zi bilan birga kuchli shamol va jalani ham boshlab kelmoqda.

Yaponiya bosh meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, siklon markazidagi bosim 975 gektopaskalga teng. Bu bosim sekin-astalik bilan pasayib boradi. To‘fon markazida shamolning tezligi soatiga 30 metrga yetadi.

Hozir siklon shimoli-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha soatiga 30 kilometr tezlikda harakatlanyapti. «Maliksi» to‘foni Yaponiyaning asosiy oroli Xonsyuning janubi-sharqiy va sharqiy hududlariga bugun, ya’ni yakshanba kuni kechqurun yoki dushanba kuni ertalab yetib keladi.

Mutaxassislar to‘lqinlar 8 metrgacha ko‘tarilishi mumkinlini inobatga olib, aholini dengiz atrofida hordiq chiqarmaslik bo‘yicha ogohlantiryapti.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring