Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada G‘azo sektoridagi urushga qarshi miting uyushtirildi (foto)

Yaponiyada G‘azo sektoridagi urushga qarshi miting uyushtirildi (foto)

Foto: Xabar.uz

Hozirda dunyo jamoatchiligi nigohi G‘azo sektorida kechayotgan qonli to‘qnashuvlarga qaratilgan.

Isroil tomonidan berilayotgan havo zarbalari natijasida tinch aholi vakillari qurbon bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan kuni kecha Yaponiyaning Tokio shahrida musulmonlar va boshqa din vakillari tomonidan namoyish uyushtirildi. Bu haqda «Xabar.uz»ning mobil muxbiri xabar bermoqda.

Namoyishda 350 ga yaqin odam ishtirok etgan. Miting juma namozi tugaganidan keyin taxminan 13:45 larda boshlanib, qariyb 2 soat davom etgan.

Namoyishdan maqsad begunoh insonlar, bolalar va ayollarning o‘limiga sabab bo‘layotgan urushni to‘xtatishga da’vat etishdan iborat bo‘ldi.

Bu mitingda turli davlatlar fuqarolari qatnashdi. Holatdan xabari bor yapon aholisi ham chaqiriqni qo‘llab-quvvatlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring