Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada jazirama issiqlik tufayli qariyb 150 kishi olamdan o‘tdi

Yaponiyada jazirama issiqlik tufayli qariyb 150 kishi olamdan o‘tdi

Foto: «Vladtime.ru»

O‘tgan yetti kun davomida Tokioda jazirama issiqlik tufayli 17 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu Yaponiyada butun yoz davomida qayd etilgan eng issiq hafta bo‘ldi.

Mahalliy OAVning xabariga ko‘ra, oxirgi hafta mobaynida vafot etganlarning yoshi o‘rtacha 40 — 90 yoshni tashkil etadi. Anomal issiqlik qurbonlarining aksariyati 70 yoshdan oshgan.

Dushanba kuni Xamamatsu shahrida termometr ustuni Selsiy bo‘yicha 41,1 darajagacha ko‘tarilgan. Bu bilan ikki yil oldingi rekord ko‘rsatkich takrorlandi. Tokioda jazirama issiqlik 35-36 darajaga yetadi.

Yaponiyada avgustning boshidan beri anomal jazirama qurbonlari umumiy soni 148 kishiga yetdi. O‘tgan yili jazirama issiqlik tufayli mamlakatda 126 kishi olamdan o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring