Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyadagi eski qamoqxona muhtasham mehmonxonaga aylantiriladi

Yaponiyadagi eski qamoqxona muhtasham mehmonxonaga aylantiriladi

Foto: «Spoon & Tamago»

Yaponiyadagi eng eski qamoqxonalardan biri 2021-yilda ko‘p yulduzli mehmonxona sifatida ochiladi — bu haqda «News On Japan» axborot nashri xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i —«Hoshino Resorts» vakiliga asoslanib xabar berdi.

Gap Nara qamoqxonasida haqida ketyapti. Aytishlaricha, rekonstruksiya va boshqa bunyodkorlik ishlariga 136 million dollar sarflanadi.

Muhandislarning g‘oyasiga ko‘ra, qamoqxonaning beshta binosidan to‘rttasida mehmonlar uchun xonalar barpo etiladi.

Bu mehmonxonada bir kecha tunash 450—725 dollar atrofida belgilanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilgacha qamoqxona vazifasini bajarib kelgan bu bino tarixiy ahamiyatga ega. Ekspertlarning fikricha, qizil g‘ishtlardan roman uslubida tiklangan mazkur bino Meydzi davri (Imperator Mutsuxito davrida (1868—1912-yillar) Yaponiyaning o‘z qobig‘idan chiqib, jahon darajasidagi davlatga aylanishi.) me’morchiligining yorqin namunasidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring