Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yaxshilikka bo‘lsin». Nega Rossiya oltin sotib olishga zo‘r beryapti?

«Yaxshilikka bo‘lsin». Nega Rossiya oltin sotib olishga zo‘r beryapti?

Foto: «Goldru»

Rossiya 2019 yilning birinchi choragida rekord miqdorda oltin sotib oldi. Bu hammadan ko‘p «BullionVault» xalqaro brokerlik kompaniyasining tadqiqot bo‘limi rahbari Adrian Eshni taajjubga soldiki, u «Daily Express» gazetasiga intervyusida buni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Demak, nashr yozishicha, ruslar 2019-yilning ilk choragida oltin zaxirasini 145,5 tonnaga yetkazishdi, bilasizmi bu qancha? O‘tgan 2018 yil birinchi choragidagidan 68 foizga ko‘p!

«RIA Novosti» Jahon oltin kengashi (World Gold Council, WGC)ga asoslanib xabar tarqatishicha, Moskva 2019 yilning ilk uch oyida 55,3 tonna oltin xarid qildi, resursning umumiy hajmi 2 168 tonnaga yetdi.

«Daily Express» yozadiki, Moskva oltin-valyuta zaxirasini yig‘ish baravarida Amerika qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmalarni kamaytirmoqda, AQSh dollariga qaramlikni pasaytirishga urinmoqda. Ehtimolki, Rossiya bo‘lg‘usi jahon iqtisodiy inqirozidan himoyalanish payida.

«Yirik miqdordagi oltin hukumatlar yoki markaziy banklar tomonidan sotib olinishi kamdan-kam holatlarda butun dunyoda tinchlik va hamkorlik uchun yaxshilik alomati bo‘ladi», — dedi Adrian Esh.

Rossiya oltin-valyuta zaxiralari ko‘pligiga ko‘ra beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, sariq metall uning jami valyuta zaxiralari 20 foizini ham tashkil etmaydi. Biroq Rossiya shu sur’ati bilan Fransiya va Italiyani tez orada ortda qoldirishi hech gap emas.

«Oltin qoida bor: oltin kimda bo‘lsa, hokimiyat ham shunda», — gazeta Adrian Eshdan ana shu iqtibosni keltirdi.

Biroq yetakchi uchlik butunlay boshqa masala. «Daily Express» AQShni dunyodagi eng oltinga boy davlat deya ta’rifladi. Rossiya unga yetish uchun yana 20 yil tinmay bozordagi hamma oltinlarni sotib olishi lozim bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring