Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘qolgan hamyon 65 yildan keyin topildi

Yo‘qolgan hamyon 65 yildan keyin topildi

Foto: «Hurriyet.com»

Amerikalik askarning 1953 yilda Koreya urushidan so‘ng uyiga qaytayotib yo‘qotib qo‘ygan hamyoni oradan 65 yil o‘tib Fransiyada topildi va o‘sha askarning qiziga berildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

1983 yili vafot etgan amerikalik Robert Makkaskerning qizi Sharon Mur shu yil iyul oyida fransiyalik Patrik Kaubetdan «Facebook» orqali do‘st bo‘lish taklifini oladi va bu taklifni rad etadi.

Kaubet yo‘qolgan hamyonning egasini qidirayotganini aytib, Murga «Facebook» orqali bir nechta surat jo‘natadi.

Suratlardan biri Sharonning onasi, biri esa ammasiniki edi. Shu bilan birga, suratlar orasida Robert Makkaskerning haydovchilik guvohnomasi va sug‘urta kartochkasi ham bor edi.

«Otamning haydovchilik guvohnomasi va onamning suratlarini ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim», – deydi Mur.

Jigarrang hamyon Parijning janubiy-g‘arbidagi Shaterlro qo‘rg‘onida topilgan.

Hamyon qanday qilib Fransiyaga kelib qolgani noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring