Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘talaman deb qovurg‘asini sindirib qo‘ydi

Yo‘talaman deb qovurg‘asini sindirib qo‘ydi

Foto: «Daily Mail»

Xitoylik ayol kuchli yo‘tal xuruji tufayli birato‘la o‘nta qovurg‘asini sindirib qo‘ydi, deb yozadi «Daily Mail».

Ayol yarim tunda ko‘ksidagi kuchli og‘riqdan uyg‘onib ketdi. Shifoxonada rentgen qilishganda uning o‘nta qovurg‘asi singani ma’lum bo‘ldi. Bundan sal avval shifokorlar bu ayolga astma tashxisini qo‘yishgandi.

Buni qarangki, xitoylik xonimning suyaklari D vitamini tanqisligi tufayli juda mo‘rtlashib ketgan ekan. Gap shundaki, u quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremdan muntazam foydalangan va tashqariga juda kam chiqqan. Chunki u terisi oppoqligicha qolishini juda-juda xohlagan.

Davolovchi shifokorlar amaliyotlarida bunday hodisaga birinchi marta duch kelishganini ta’kidlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring