Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoxannesburgdagi barda odamlar ayovsiz o‘qqa tutildi

Yoxannesburgdagi barda odamlar ayovsiz o‘qqa tutildi

Foto: «rfi.fr»

Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahri chekkasidagi barda sodir bo‘lgan otishma natijasida 15 kishi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilishicha, 10 iyul kuni mikroavtobus bar oldiga kelib to‘xtagan va undan bir guruh qurollangan kishilar chiqib, bardagi kishilarga miltiq va to‘pponchalardan o‘q otishni boshlashgan.

Mahalliy provinsiyapolitsiyasi komissari Elias Mavelaning aytishicha, hujum qilganlar iloji boricha ko‘proq odamni o‘ldirishga harakat qilishgan va ayovsiz o‘q uzishgan. Halok bo‘lganlar va yaradorlar 19 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar, deyiladi politsiya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring