Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zabulda tolibonning 65 jangarisi yo‘q qilindi

Zabulda tolibonning 65 jangarisi yo‘q qilindi

Foto: «Daily Pakistan Global»

Afg‘oniston milliy armiyasi 205-korpusi rasmiy vakillari 1-avgust kuni Zabul viloyati (markazi — Kalat sh.) hududida Milliy xavfsizlik va mudofaa kuchlari tomonidan o‘tkazilgan harbiy amaliyot chog‘i «Tolibon» harkatining kamida 65 nafar a’zosi yo‘q qilinib, yana 10 nafariga jarohat yetkazilganini ma’lum qilishdi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda.

Mamlakatning «Bakhtar News Agency» nashri xabariga ko‘ra, ushbu amaliyot Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlarining faol qo‘llovi ostida amalga oshirilgan.

Amaliyot davomida «Tolibon»ning bir nechta yashirin qarorgohi, xususan, o‘q-dori omborlari yo‘q qilingani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring