Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy rossiyalik askarlarga: «Sizni aldashmoqda...»

Zelenskiy rossiyalik askarlarga: «Sizni aldashmoqda...»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi videomurojaatini rossiyalik askarlarga yo‘lladi.

Zelenskiyning aytishicha, Rossiya rahbariyati yaqin orada yana ko‘plab askarlarga jangga tashlab, ularni tom ma’noda o‘limga yuborishga qaror qilgan. 

«Mart-aprel oylarida shaxsiy tarkibi deyarli butunlay yo‘q qilingan yoki sezilarli darajada zaiflashgan bo‘linmalarga yangi odamlar jalb qilinmoqda. Yomon motivatsiya bilan. Past jangovar tajriba bilan. Rossiya qo‘mondonligi yaqin haftalarda yana minglab rus askari halok bo‘lishini va minglab yarador bo‘lishini yaxshi biladi», deyiladi prezident murojaatida.

Zelenskiy askarlarga Ukraina zaminida halok bo‘lgandan ko‘ra Rossiyada tinch hayot kechirishni maslahat bergan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina rasmiylari urush boshidan beri 20 mingdan ziyod rus askari halok bo‘lganini aytgan bo‘lsa, Rossiya tomoni esa ancha kam miqdorni ko‘rsatgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring